Aýdogdy
05.01.2022 00:54
Sizlar so'qirsiz
Zotan siz qayerda bir yuraksiz, his-tuyg'usiz,
muhabbatingizni qadrlamaydigan, aksincha, siz
sevganingiz sari boshingizga chiqishni ko'zlaydigan odom bo'lsa, o'shalarni topib, sevasiz. 0‘zingizni juda aqlliman
deb o'ylaganingiz uchun nozik tushunchalarga va nozik qalbga ega bo'lgan kishilarni ko'zingiz ko'rmaydi. Chunki siz chindan sevgan insonning muhabbatini ko'rolmaydigan darajada ko'rsiz! Siz bergan muhabbatingizni oyoqosti
qilib ketganlarni deb chindan sevadigan insonlardan o'chingizni olasiz. Xuddi o'zingiz ishonchli bir odamdek, sizni sevgan insonlarga "Men hech kimga ishonmayman!” deysiz. Ayni shu asnoda siz sevgan toshyurak insonlarni
bilmadim, sizni nechinchi bor aldayotganini bilishingizga qaramay, yana ularni kechirasiz va qayta ishonch bildirasiz. Sizni chindan ham sevgan insonlarga agar shu imkonni
berganingizda ular sizni gul-gul yashnatardi, ammo siz buni ko'rolmaysiz. Aniqrog'i ko'rishni istamaysiz. Aldaganni, xiyonat qilganni qayta-qayta kechirasiz. Sizni chindan sevganga parvo qilmaysiz. Sizni benuqson sevib, sevgingizga ega chiqadigan insonlarni ko'rolmaydigan
darajada ko'r, o'sha insonlarning hislarini ahamiyatga olmaydigan darajada qalbsizsiz!
Sof qalblarni yolg'on sevgingiz bilan iflos
qildingiz. Endi bo'lsa toza qalblilarning orzusidasiz,
ammo uzoq kutasiz.
16
550