Dowvvran
27.03.2023 21:14
Onam aytdi ko'rib turib dardlarim
Onam aytdi kuyma deya ko'rib azoblarim
Do'st degani shuncha bo'lsa
Og'ir kuningda kelmasa
Onam aytdi man borman qaro ko'zlarim

Aytganim aytgan juda sho'x yigit edim
Do'stlarim yonimda o'zimcha shodon edim
Bilsam o' tushdi og'ir kun mani boshimga
Bir o'zim qolib ketdim faqat tanam yonimda

Aytayin desam do'stlarim ranjitib qo'ymay
O'zim uchun bilib yurib endi xatolar qilmay
Xatolarim do'stlarimga ishonganim
Heeyyy ....

Onam aytdi ko'rib turib dardlarim
Onam aytdi kuyma deya ko'rib azoblarim
Do'st degani shuncha bo'lsa
Og'ir kuningda kelmasa
Onam aytdi man borman qaro ko'zlarim

Davru davron kelsa hali yana kelasizlar
Bahonalar qilib manga sani izladik deysizlar
Ne bo'ldi zamonlarga do'stni qadri qolmadi
Yoki zamon joyidami odamlarga ne bo'ldi

Pisand etmay qo'ng'iroqlarimni hech biringiz
Qiynalib yurganimda ayting qayda edingiz
Endi mani yo'lim boshqa, boshqa sizning yo'lingiz
Ohh onam aytganda quloq solmadim essiz

Onam aytdi ko'rib turib dardlarim
Onam aytdi kuyma deya ko'rib azoblarim
Do'st degani shuncha bo'lsa
Og'ir kuningda kelmasa
Onam aytdi man borman qaro ko'zlarim
6
59
numa
28 Mart 2023
👍👍👍👍👍👍
Dowvvran
27 Mart 2023
Perishdejik, ýok.Abadiya
Perishdejik
27 Mart 2023
Ahad Qayummy Awtory?
Teswir ýazmak üçin içeri giriň.