Kerakmas mingta so'z bilan avrashing,
Hamono yodimda o'zing deyishing,
Har tongda seni men tushda ko'rdim deb,
Kerakmas his etmas kuylar kuylashing.
Kimningdir ovozi jaranglaganda
Qulog'inga qo'shiq bo'lub kelarmu?,
Na'vosi yoqimli bo'lsada uni,
Meningdek nolasi unda bo'larmu?...
Bog'izlab qo'ysaydim beburt ishqimni,
Tilkalab tashlasam bemor sevgimni,
Mendan ham qaysarroq chiqdi tuyg'uyim,
Mengamas, vafosi senga deydi ya..
Eplay ololmayman talab qilishni,
Yer bilan bir bo'lub jonga tegishni,
O'zgalar bir chetdan rom qilganida,
Unutma meni bir eslab qo'yishni..